Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi tasarrufidagi Lal Baxodir Shastri nomidagi hind madaniyati markazi va Qo‘qon shahar hokimligi hamkorligida Hindiston-O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida, Hindiston mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan konsertda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.
Tomoshabinlar ehtirosidan anshlag tomoshaga aylangan konsertni tashkil etilishda Kokand Indian Study Room koordinatori Nargiza Yunusovaning ham hissasi katta bo‘ldi.