Wed. May 15th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Payshanba-“Ijtimoiy yordam kuni” doirasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va mahalla tizimi mutasaddilari bilan ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarning muammolarini xonadonbay o‘rganib, hal etish choralarini ko‘rdi.

Hususan, 11-yashar bolalar serebral paralichi bilan hastalangan farzandini tarbiya qilayotgan fuqarolar xonadonida bo‘lgan Marufjon Usmonov mutasaddilarga bolani davlat tibbiyot muassasalarida reabilitatsiya qilish uchun bepul yo‘llanma bilan ta’minlash, Farg‘ona shahrida o‘tkaziladigan tibbiy muolajalarga qatnash va yashash harajtlari uchun moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Qo‘qon shahar hokimi fuqarolar bilan samimiy muloqot qilib, davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan ijtimoiy sohada tashkil etilgan yangi tizim xususida ma’lumot berib, ijtimoiy davlat deb e’lon qilingan mamlakatimizda ehtiyojmand fuqarolar shahar hukumatining doimiy diqqat e’tiborida bo‘lishini bildirdi.