“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan “Mfaktor” jamoasi bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida “Biznes marafon” loyihasi o‘tkazib kelinmoqda.
Uchrashuvda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qildi. Shahar hokimi ma’naviy-ma’rifiy masalalar, kitob o‘qish, yoshlarning salohiyati va iqtidorlarini yuksaltirish borasida to‘xtalib o‘tdi.
“Biznes marafon” doirasida yoshlar tajribali tadbirkorlar va biznes ekspertlardan qimmatli maslahatlar olib, ular bilan o‘z g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.