Mon. Mar 4th, 2024

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan marafon yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, asrlar davomida saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yana-da sog‘lomlashtirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qildi.

Hususan marafon doirasida Qo‘qon shahrida Buyuk allomalar muzeyiga tashkil etilgan ekskursiya yoshlarda milliy g‘ururni shakllantirish va yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, mamlakatimizdagi tub yangilanish jarayonlarining mazmun-mohiyatini kengroq tushuntirishga imkon berdi.