Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Dec 7th, 2024

Qo‘qon shahar hokimligining faollar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda 1-sektor rahbari Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrida xonadonma-xonadon yurib aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.

Shahar hokimi tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan shahar hududida 6 ta ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.

Xususan 11 yanvar’ kuni ishchi guruhlar tomonidan 104 nafar fuqarolarning muammolari bartaraf etildi. 41 nafar fuqarolarning tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha hamda qarzdorlik borasidagi, 8 nafar fuqarolarning kommunikasiya, yo‘l borasidagi, 17 nafar fuqaroning ishga joylashish masalasidagi, 4 nafar fuqarolarning uy-joy sotib olishga subsidiya ajratish bo‘yicha murojaatlari hal etilib, 34 nafar ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi vakillariga 300 ming so‘mdan, 500 ming so‘mgacha moddiy yordam ko‘rsatildi.

Click to listen highlighted text!