Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Xalqaro Teatr kuni (World Theatre Day) munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Shahar hokimi davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, sohada faoliyat yuritayotganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, barchani Xalqaro Teatr kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Qo‘qon musiqali drama teatrida faoliyat yuritayotgan bir qator san’atkorlar fidokorona mehnatlari uchun Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.