Qo‘qon shahar hokimi va sektorlar rahbarlari “Besh tashabbus olimpiadasi” ikkinchi mavsumi doirasida yoshlar o‘rtasida mahallalar va ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” tanlovlari, voleybol, kurash, gimnastrada, mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, quvnoq startlar musobaqalari, hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni muborakbod etib, esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Qo‘qon shahrida 30 mingdan ziyod yoshlar 5tashbbus.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tib, olimpiada tadbirlarida faol ishtirok etdilar.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tadbirlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borildi.