Mon. May 13th, 2024

Yangi yil bayrami munosabati bilan 5-Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘itkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Marufjon Usmonov yoshlar va ularning ustozlarini kirib kelayotgan bayram bilan qutlab, kelasi yilda ulkan ijodiy zafarlar tiladi. Maktab tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari bolalarning ota-onalari va barcha tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bahshida etdi.