“Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmaga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari ham tashrif buyurdilar.
Shahar hokimi bolalar tomonidan yasalgan hunarmandchilik mahsulotlari, texnika va robotlarni ko‘zdan kechirib, yoshlar bilan muloqot qildi. Ko‘rgazmada markaz badiiy to‘garaklari, sport seksiyalari va notiqlik san’atida iqtidorlarini rivojlantirib kelayotgan yoshlar namoyishlari bilan hiyobonga to‘plangan hamshaharlarimizni hushnud etdilar.
Tadbirda yoshlar tarbiyasidagi fidokorona mehnatlari bilan hamkasabalariga namuna bo‘layotgan bir qator ustozlarga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.