Wed. Apr 17th, 2024

Xususan, O‘rda maydonida “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan sog‘lomlashtirish tadbirida yuzlab ayol-qizlar ishtirok etdilar.

Qo‘qon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mahalla tizimi mutasaddilari, “Oqila ayollar” jamoat harakati a’zolari, mahallalardan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari tavsiya etilgan ayollar qatnashdilar.

Tadbir doirasida 5000 qadam yurish mashg‘ulotlari, badantarbiya, turli sport bellashuvlari, shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi.