Sat. Apr 20th, 2024

“Isfara guzar” mahallasida faoliyat yuritayotgan pishiriqchilik korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar shahrimizdagi savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda.

Korxona rahbari – Xayitxon Alimovaga, mahalla mutasaddilarining ko‘magi bilan, ishlab chiqarish dastgohlarini sotib olish uchun imtiyozli kredit ajratilgan.

Korxonada mahalladagi ayollar doimiy ish bilan ta’minlangan. Ayni paytda korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, savdo hajmini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.