Xususan, “Bunyodkor” mahallasida “Sog‘lom turmush-sog‘lom ovqatlanish” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda sog‘lom hayot kechirish uchun muhim bo‘lgan omillar xususida ma’lumot berildi.
Qo‘qon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mahalla tizimi mutasaddilari, “Oqila ayollar” jamoat harakati a’zolari, mahalladagi faol ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tajribali shifokorlar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Asosiy e’tibor reproduktiv salomatlik, qaynona-kelin munosabatlari, homilador ayollarni parvarish etish, sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, organizmini yetarli darajada vitaminlar va homila o‘sishi uchun zarur bo‘lgan moddalar bilan ta’minlash masalalariga qaratildi.