Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Sarboz ko‘chasida avtomobil yo‘lidagi chiziqlarni yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ayni paytda Farg‘ona viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahridagi Sarboz, Istiqlol va Imom Buxoriy ko‘chalaridagi 4 kilometrdan ziyod yo‘l chiziqlari yangilandi.
Sarboz ko‘chasidagi Ozodlik hiyoboni bilan O‘rda maydoni oralig‘idagi serqatnov piyodalar yo‘lagi 7 santimetr balandlikdagi so‘n’iy notekislik ko‘rinishida tashkil etildi. Ushbu tajriba xarakat xavfsizligini ta’minlash standartlarga to‘liq mos keladi.
Marufjon Usmonov pudratchi tashkilotlar vakillari bilan suhbatda bo‘lib, Qo‘qon shahridagi boshqa ko‘chalarda ham yo‘l chiziqlarini yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.