O‘zbekiston fanlar akademiyasi a’zosi, tarix fanlari doktori Abdulhamid Anorboev boshchiligidagi arxeologik ekspedisiya tomonidan “Tepaqo‘rg‘on” majmuasida olib boriladigan arxeologik izlanishlar Qo‘qon shahrining qadimgi tarixi va madaniyatini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

Ayni paytda Qo‘qon muzey-qo‘riqxonasi tarkibiga kiritilgan “Tepaqo‘rg‘on” majmuasida olib borilayotgan ishlar davomida antik davrga – ya’ni ikki ming yildan ziyod oldingi davrga mansub qal’aning devorlari qazib olindi. Shunday izlanishlar bu yerda bundan avval ham olib borilgan. Arxeologik ekspedisiya Qo‘qon shahrining yoshi haqida yanada to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishga yordam beradi.