Mon. Mar 4th, 2024

Sobiq Avto yo‘l kolleji kutubxonasi o‘rnida, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, fuqarolarning milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan Amiriy kutubxonasini kapital ta’mirlash va jihozlashga 1.5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan aholini va ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ma’naviyatimizni yuksaltirishga qaratilayotgan e’tibor x’ususida to‘xtalib o‘tdi. Qo‘qon shahar hokimi kutubxonaga 5000 ta kitob sovg‘a qildi. Yana 2000 dan ziyod adabiyotlar kutubxonaga hamshaharlarimiz tomonidan hadya etildi.