Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilar ishtirokida 3-Gaz taqsimlash stansiyasidan shahrimizga tortib kelinayotgan yangi gaz tarmog‘i qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, yangi tarmoq bo‘yicha shahrimizni yuqori bosimdagi tabiiy gaz bilan ta’minlash ishlarini jadallik bilan yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.