Sektorlar hududida o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalarida bo‘sh ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tayyor biznes loyihalar, ishlab chiqarish dastgohlari taklif etilmoqda.
Bugun 4-sektor hududida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov aholi bilan muloqot qilib, mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, bandligini ta’minlash borasida mavjud imkoniyatlar xususida ma’lumot berdi.
Shahar hokimi yangi ish o‘rinlari taklif etish asnosida ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini taqdim etayotgan tadbirkorlar bilan ham muloqot qilib, mavjud muammo-masalalarni o‘rgandi.