Mon. Mar 4th, 2024

“Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti korxonasi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘qondagi mahallalarda aholining debitorlik qarzdorligini undirish choralari ko‘rilmoqda.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Hududgaz Farg‘ona” Qo‘qon filiali abonentlar bo‘limi xodimlari soni ko‘paytirildi. To‘lovlarni qabul qilish bilan bir qatorda debitorlik qarzdorlik hususida tezkor ma’lumot berilmoqda.

Qo‘qon shahrida aholini tabbiy gazdan foydalanishini to‘liq oldindan to‘lash tizimiga o‘tkazish maqsadida joylarda elektron avtomatlashgan hisoblagichlar o‘rnatilishi davom etmoqda. Ushbu ishlarga “Hududgaz Farg‘ona” Qo‘qon filiali xodimlari qatori atrof-tumanlardan ham mutaxassislar jalb etilgan.

“Namunali soliq to‘lovchi mahallalar” chellendji doirasida “Tolzor” mahallasida olib borilgan targ‘ibot ishlari eng katta natija bergan va tabiiy gazdan bo‘lgan 42 milion so‘mdan ziyod debitorlik qarzdorlik bartaraf etilgan, ayni paytda “Charxini ko‘prigi” mahallasi aholisi gazdan bo‘lgan 72% qarzdorlini to‘lab qo‘ygan, so‘nggi bir oy davomida “Qaymoqli guzar” mahallasi 41 million so‘m, “Urganjibog‘” mahallasi aholisi qarzdorligi hisobidan 37 million so‘m tushum qilgan.