Ushbu maqsadda barcha sektorlar hududida o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalarida bo‘sh ish o‘rinlari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tayyor biznes loyihalar, ishlab chiqarish dastgohlari taklif etilmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda shahrimizdagi banklar tomonidan ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mini dastgohlar namoyishi o‘tkazilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu dastgohlar uchun kreditlar taklif etilmoqda.
Kuni kecha o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov aholi bilan muloqot qilib, mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berdi.
20 nafar ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolarga esa subsidiya asosida ajratilgan ishlab chiqarish dastgohlari tantanali ravishda topshirildi.