Uch kilometrdan ziyod yangi magistral quvurlar o‘tkazilishini nazarda tutadigan loyiha shahrimiz ichimlik suvi tizimini xalqalab, suv bosimini yaxshilashga qaratilgan.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov pudratchi tashkilot mutasaddilari bilan muloqot qilib, ishlarni sifatli qilib, o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Barcha mas’ul rahbarlar ishtirokida qurbonlik qilinib, duolarda yangi boshlangan ishlarga baraka, yurtimizga tinchlik-totuvlik, Yurtboshimizga sihat-salomatlik tilab, niyat qilindi.