Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabida 18 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida tennis bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholini keng qatlamlarini sport mashg‘ulotlari va sog‘lom turmush tarziga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Marufjon Usmonov sport mashg‘ulotlarida shaxsan o‘zi ham ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilari bilan tennis o‘ynadi.