Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shuxratjon Xudaynazarov shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilari, mahalla raislari va deputatlar ishtirokida aholiga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida joriy etilishi mumkin bo‘lgan cheklovlarni muhokama etdi. Ob-havoning keskin sovushi natijasida shahrimizda elektr energiyasi tizimlariga qishki mavsumda tushayotgan yuklamalar elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar joriy etishni taqozo etmoqda. Ushbu masalada fuqarolarga imkon qadar kam noqulayliklar keltiradigan tartibni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.