Sat. Jun 22nd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, tonggi shtab yig‘ilishida “Qo‘qongaz” idorasi mutasaddilariga qishki mavsumda aholiga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish, mahallalarda aholining tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarini tizimli hal etish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan 24/7 tizimida samarali ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.

Ma’lumot uchun: Qo‘qon shahrida Quzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida 71 ta gaz taqsimlash stansiyalari ta’mirlandi va 157 kilometr yangi gaz quvurlari tortib kelindi, 2200 pogona metr quvurlar ta’mirlandi.

Marufjon Usmonov shuningdek, mutasaddilarga tabiiy gaz tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish yuzasidan ham yo‘riqnomalar berdi.