Shu kungacha shahar hukumati, Mahalla va Mudofaa bo‘limlari, saxovatpesha tadbirkorlar hamkorligida shahrimizdagi 40 ga yaqin mahallalarida osh damlanib, fuqarolarga tarqatildi.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan boshlangan aksiyalarda keskin ob-havo sharoitlarida aholiga yordam berilmoqda. Energiya ta’minotidagi cheklovlar davrida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan mehr-oqibat xalqimizga xos qadriyatlarning namunasi bo‘lib kelmoqda. Aholiga tarqatilayotgan osh eng sara mahsulotlar va choyxonalarda damlab beriladigan sifatli gurunch turlaridan damlab berilmoqda.