Qo‘qon shahar hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Obidxon Djo‘raev feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi “Qo‘qonim” guruhiga shahrimizda jamoat transporti faoliyatini yaxshilash bo‘yicha kelib tushgan murojaatni o‘rgandi.
Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi, Qo‘qon hududiy bo‘limi mutasaddilari ishtirokida jamoat transporti bekatlarini maqsad, vazifalaridan kelib chiqib aholiga xizmat ko‘rsatishini ta’minlash, atrof-hududlarga qatnaydigan jamoat transportini tender shartlari asosidagi grafik bo‘yicha qatnovini ta’minlash, jamoat transporti yo‘nalishlarida xavfsiz va qulay transport vositalari qatnovini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
Muhokama etilgan masalalarga aniqlik kiritish maqsadida ishchi guruh murojaatdagi masalalarni o‘rganadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi,