Marufjon Usmonov aholi xonadonlaridagi tomorqa maydonlarida qimmatbaho tropik mevalar yetishtirish tajribasini keng joriy etish maqsadida “Mehrigiyo” korxonasida kivi va papayya mevalarini yetishtirish tajribasini o‘rgandi.
Qo‘qon shahar hokimi mutasaddilar bilan muloqot qilib, ushbu mevalarni yetishtirish uchun zarur shart-sharoitlar bilan qiziqdi.