Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari bilan muloqot qilib, aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, kasalliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Marufjon Usmonov ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar kasalliklarining oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratib o‘tdi.