Thu. Jun 20th, 2024


Ziyoratchilarni muborak safarga jo‘natish munosabati bilan “Zaynul-obidin” masjidida o‘tkazilgan marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Shahar hokimi muborak haj ziyoratini ado etish uchun safarga chiqib ketayotgan hamshaharlarimizni samimiy qutlab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda din va vijdon erkinligini ta’minlash, yurtdoshlarimiz ibodatlarini bekami kust ado etish uchun yaratilgan sharoitlar, mamlakatimizda muqaddas Islom dinini keng targ‘ib etish va o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki mamlakatimizda haj ziyoratini ado etish uchun yuborilayotgan ziyoratchilarning soni yildan yilga oshi’b bormoqda. Xususan Qo‘qon shahridan 2022 yilda 74 nafar ziyoratchilar muqaddas ziyoratlarini ado etish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsalar joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 95 taga yetdi.

O‘tgan yillarda ziyoratchilarimiz Respublikamizning 7 ta hududiy aeroportlaridan kuzatilgan bo‘lsa, bu yil yanada qulaylik yaratish maqsadida, o‘lkamizning 10 ta hududiy aeroportlaridan haj safariga kuzatildi.

Musulmon olamining muqaddas ziyoratgohlariga safarlarni tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan fuqarolarimizning Saudiya Arabistonida bo‘lishi bilan bog‘liq yanada qulay va shinam sharoitlar yaratish masalalari Prezident Shavkat Mirziyoev va Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegasiya o‘rtasida o‘tkan yili o‘tkazilgan muzokaralarda ham muhokama etilgan edi.