“Prezidentimizga e’tibor uchun rahmat!” deydi, “Afg‘onbog‘” mahallasida istiqomat qiladigan ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqaro. Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov uning xonadoniga tashrif buyurib, ijtimoiy yordam to‘plamlarini yetkazdi.
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Inson” ijtimoiy markazi, Pensiya jamg‘armasi va mahalla tizimi mutasaddilari bilan birgalikda tashrif buyurgan shahar hokimi mavjud muammolarni ham o‘rganib, mas’ullarga vazifalar belgilab berdi.