Sun. Apr 28th, 2024

Tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan xotin-qizlaning ijtimoiy faolligini oshirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tib, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Qo‘qon shahar hokimi mehnat faoliyatidagi yuksak natijalari, jamoat ishlaridagi faolligi, hamda ta’lim sohasidagi yutuqlari bilan barchaga namuna bo‘lib kelayotgan ayol-qizlarga turli darajadagi mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

O‘zbekiston Xalq artistlari Abdulhoshim Ismoilov, Zulayxo Boyxonova ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar, shahrimiz havaskor jamoalarining chiqishlari bayramona dasturxon atrofida ja’m bo‘lgan ayol-qizlar, turli millat vakillariga ko‘tarinki bayramona kayfiyat bahshida etdi.