Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Nov 11th, 2024

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, harbiylar, yoshlar va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida “Yoshlar daftariga” kiritilgan va tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 460 nafar yoshlarga ishlab chiqarish uskunalarini tantanali ravishda topshirdilar.

Xayrullo Bozorov yoshlarni kelgusi tadbirkorlik faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, ijtimoiy ro‘yxatlar yordamida aholini kamabag‘allikdan chiqarish tizimi mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan xalqparvar siyosatning yorqin ifodasi bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdi.

2022 yilda ham Qo‘qon shahrida yuzlab ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolar tikuv mashinalari, pechlar, inkubatorlar, bedana, jo‘ja kabi uy parranadalari bilan markazlashgan tartibda ta’minlagan edilar.

Bugungi tadbirda esa ishlab chiqarish uskunalari yoshlarning qiziqish va ko‘nikmalaridan kelib chiqib, yoshlar yetakchilari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida topshirildi.

Tikuv mashinalardan tortib, pechlar, hamir qorish moslamalari, preforatorlar, gril’, gamburger, xot-dog pishirish uskunalari, beton qorish moslamalari, ayollar saloni uchun jixoz va anjomlar, kompyuter jamlanmalari kabi 20 turdan ziyod uskunalar yoshlarni tadbirkorlik bilan o‘zini band qilish va kamabag‘allikdan chiqarish imkonini beradi.

Harbiy qismda o‘tkazilgan tadbirda qurol-aslahalar va texnikalar ko‘rgazmasi ham namoyish etilib, milliy armiyamiz salohiyati xususida ma’lumot berildi. Harbiy orkestr sadolari ostida namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar yoshlarni Ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiy sohaga kiziqishlarini yanada orttirishdek ezgu maqsadalarga xizmat qildi.

Click to listen highlighted text!