Wed. Dec 6th, 2023

Tantanali marosimga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurdi. Shahar hokimi mamlakatimizda so‘nggi yillarda mahalla institutini rivojlantirish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tib, to‘y bolalarni muborakbod etdi.

Qo‘qon shahar hokimligi, mahallalar faollari tashabbusi bilan tashkil etilgan saxovat tadbirida 45 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlarining hatna to‘yiga homiylik qilinib, esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.

Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida to‘plangan mehmonlar uchun milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etilib ko‘tarinki kayfiyat bahshida etildi.