Sat. Jun 22nd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Qobuljon Abdullayevlar Qo‘qon shahridagi sanoat bozorlari, soliq idorasi mutasaddilariga hufiyona faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlar o‘rtasida qonunga itoatkorlik, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab borish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab berdilar.

Ma’lumot uchun; So‘nggi haftada “Qo‘qon” , “Farobiy”, “Buyuk ipak yo‘li”, “Rizq baraka”, “Istiqlol”, “Muzaffar” savdo komplekslarida hufiyona faoliyat yuritib kelgan 400 nafar tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.