Thu. Mar 28th, 2024

Qo‘qon shahrida bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.

 

Qo‘qon shahar hokimligi, shahar IIO FMB, Yoshlar Agentligi shahar bo‘limi, Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi tashabbusi bilan Qo‘qon shahridagi maktab bitiruvchilari va so‘rovnomalarda ishga joylashish istagini bildirgan yoshlar uchun Qo‘qon shahridagi ishlab chiqarish korxonalariga mehnat bandligi ekskursiyasi tashkil etildi.

 

Ekskursiya davomida yoshlar “Evroprint”, “Avilon”, “Bolajon orzusi” kabi yirik korxonalar faoliyati bilan tanishib, bu yerdagi bo‘sh ish o‘rinlari, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Ishga joylashish istagini bildirgan 26 nafar yoshlar bilan mehnat shartnomalari imzolanishi belgilandi.