Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan ko‘rsatsalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Maktab fasadi va o‘quv xonalari, sport zal mukammal ta’mirlandi, maktab hududi atrofida 45 metr uzunlikdagi tashki devor qurib bitkazildi.
Tantanali marosimda Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Ulug‘bek Muhammadiyev, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, maktab pedagogik jamoasi, mahalla tizimi mutasaddilari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Marosimda Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, kelajagimiz bunyodkori yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar ta’kidlab o‘tildi.