Mon. May 20th, 2024

Davlatimiz Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.

 

Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, qamrovini kengaytirish borasida amalga oshirilshgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tib, barchani kirib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi.

 

Tanatanali tadbirda Farg‘ona viloyatidagi ehtiyojmand oilalarda tarbiya olayotgan bolalar uchun bayramona dasturxon tuzalib, kuy-qo‘shiqlar yangradi, ertak qaxramonlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etgan barcha bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.