Qo‘qon shahrida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan vazifalar belgilab berildi
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ushbu mavzuda davlatimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Sektorlar rahbarlari va kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullarga vazifalar ijrosini kunlik reja va (KPI) maqsadli samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida tashkil etish, mahalla raislarining mas’uliyatini oshirish vazifasi yuklatildi.