Thu. Jul 25th, 2024

Farg‘ona viloyati hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nuriddin Mamajonovning Qo‘qon shahri va atrof tumanlarda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan o‘tkazgan muloqoti davomida investision muhitni yaxshilash, korxonalarning eksport salohiyatini yuksaltirish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar muhokama etildi.

Samimiy muloqot ko‘rinishida o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar ham ishtirok etdilar.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar o‘rganilib, shu yerning o‘zida hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qonunchilikdagi yangiliklar, soliq va bojxona imtiyozlari, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan strategik loyihalar hususida ham batafsil ma’lumot berildi.