Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi asnosida mukammal ta’mirlangan maktabning tantanali ochilish marosimida Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, ota-onalar va mahalla tizimi mutasaddilari ishtirok etdilar.
Tantanali tadbirda mamlakatimizda maktab ta’limini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, shahrimizdagi ta’lim muassasalarida olib borilgan keng ko‘lamli ishlar ta’kidlab o‘tildi.
Maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlariga homiylik qilgan “O‘zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati mutasaddilariga Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.