Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi va sektor rahbarlarining maktab bittiruchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi, kasb va hunar egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berildi.

 

Marufjon Usmonov barcha bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirishlarini targ‘ib etib, buning uchun barcha sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanini bildirdi.

 

“Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishga qiynalgan oilalarga yordam ko‘rsatiladi, buni o‘z nazoratimga olaman,” dedi shahar hokimi.

 

Yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Qo‘qon shahar Kengashi deputati, QDPI dosenti Manzuraxon Aminova, filologiya fanlari nomzodi Abdulatif Turdalievlar ham o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

 

Shundan so‘ng Qo‘qon shahar hokimi va sektorlar rahbarlari bitiruvchilarga oltin va kumush medallar hamda shahodatnomalarni tantanali ravishda topshirdilar.