Wed. Apr 24th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 23-24 iyun’ kunlari Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan Turkiy Kengash turizm vazirlari uchrashuviga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mutasaddildarga vazifalar belgilab berdi.

 

Ayni paytda tasdiqlangan dasturga asosan asosiy tadbirlar Jome’ majmuasida o‘tkaziladi. Tashrif doirasida mehmonlar Qo‘qon universiteti, O‘rda maydonidagi tadbirlarda ham ishtirok etishlari nazarda tutilgan.

 

Eng muhim tadbirlar o‘tkaziladigan Jome’ majmuasidagi majlislar zalida muzokaralar stoli, uchrashuv ramzlari va bayroqlar o‘rnatildi. Ayni paytda ulkan lyustralarni montaj qilish, tarjimonlar xonasiga kommunikasiya tizimlarini ulash ishlari amalga oshirilmoqda.