Shahrimizdagi Prezident Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda Marufjon Usmonov aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi. Fuqarolarning ishga joylashish, uy-joy uchun subsidiya olish, huquqiy maslahatlar bilan bog‘liq murojaatlari joyida hal etildi.
Ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Joyida hal etilmagan masalalar hokimning nazoratiga olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.