Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar uyidagi yangi ta’mirlanib foydalanishga topshirilgan 3 qavatli korpusning tantanali ochilish maroismida ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilgan islohotlarni ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Marufjon Usmonov mutasaddilar ishtirokida shinam va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan bino, oshxona va muolaja xonalarini ko‘zdan kechirib, bemorlar bilan suhbatda bo‘ldi.