Kecha tunda qishki mavsumda ijtimoiy ob’ektlardagi muammolarni hal etish maqsadida tuzilgan shtab a’zolari muassasaga tashrif buyurib, qozonxonalar faoliyati va bino ichidagi haroratni nazoratdan o‘tkazdilar.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov boshchiligida ishchi guruh a’zolari navbatchi shifokorlar bilan muloqot qilib, mavjud muammolarni o‘rgandilar. Qo‘qon shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilariga shifoxonani elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.