Fri. Jun 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilar ishtirokida Qo‘qon shahar ko‘z kasalliklari shifoxonasida xitoylik mutaxassislar ishtirokida katarakta operatsiyalarini o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini o‘rganib, xorijiy mutaxasisilarni yuqori savida kutib olish va munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Marufjon Usmonov shifokorlar, operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rayotgan bemorlar bilan suhbatda bo‘lib, mavjud muammo-masalalarni o‘rgandi.