“Yuksalish” umummilliy harakati, Yoshlar ishlari agentligi va YUNISYEF bilan hamkorlikda O‘zbekistonda e’lon qilingan “Bolalar va yoshlar uchun do‘stona shaharlar” global tashabbusi doirasida namunali deb tanlangan shaharlarda ilk bor amalga oshirilgan edi.
Shveysariya hamkorlik agentligi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan ushbu loyiha Qo‘qon shahrida ham amaliyotga tatbiq etildi.
Ushbu tashabbus bolalar va yoshlarning ovozi, ehtiyojlari, ustuvor masalalari va huquqlari davlat siyosati, dasturlari va qarorlarining ajralmas qismi bo‘lgan jamoalarni yaratishga qaratilgan shahar va qishloqlarning global harakatiga qo‘shildi.
Toshkent shahrida loyiha sarhisobiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda 30 000 AQSh dollari ajratilgan loyiha doirasida Qo‘qon shahrida amalga oshirilgan ishlar natijasi yuqori baholandi va Qo‘qon shahar hokimligiga ushbu natijani tasdiqlovchi Sertifikat tantanali ravishda topshirildi.