Thu. Apr 25th, 2024

Olimjon Haydarov ismli shaxs tomonidan Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida maktab direktorlari faoliyati bilan bog‘liq murojaat bo‘yicha Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy javobi

Qo‘qon shahar hokimi maktab direktorlariga mehnat kodeksiga mos kelmaydigan topshiriqlar bermagan. Marufjon Usmonovning bergan ko‘rsatmalari maktab direktorlarining yoshlarning yozgi ta’til vaqtida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim uzluksizligini ta’minlashga doir to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalari bilan bog‘liq.

Shahar hokimi o‘qituvchilarni mehnat ta’tilidan chaqirib olish bo‘yicha topshiriq bergani haqidagi ma’lumot asossiz ekanini bildiramiz.