Thu. Mar 28th, 2024

Qo‘qon shahridagi sanoat bozorlarini Erkin Iqtisodiy Zona hududiga ko‘chirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan izohlar yuzasidan

Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy bayonoti

Ushbu loyiha kelajakda Qo‘qon shahrida Savdo komplekslari faoliyatini zamonaviy ko‘rinishda tashkil etish, haridorlar va tadbirkorlar uchun munosib sharoit yaratish, bozorlar hududida barcha uchun teng, raqobatbardosh muhit yaratish, bozorlarga qo‘shni respublikalar, viloyatlarimizdan kelayotgan haridorlar sonini yanada ko‘paytirish va pirovard maqsadda eng ilg‘or jaxon tajribalarini xisobga olgan, Markaziy Osiyodagi yirik savdo va logistika markazini barpo etishga qaratilgan.

Ayni paytda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun munosib, uzoq yaqindan keladigan haridorlar uchun geografik jixatdan qulay hudud tanlanmoqda va tadbirkorlarning fikri o‘rganilmoqda.