“G‘ishtli masjid” mahallasida Qo‘qondagi Prezident Xalq qabulxonasi, mahalla tizimi mutasaddilari, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida aholining ijtimoiy masalalari hal etilmoqda.
Qo‘qon shahar hokimining qabuliga mos nou-xau, Marufjon Usmonov bilan muloqot qilish uchun navbat kutayotgan fuqarolarga “O‘zbekfilm” ijodkorlari tomonidan suratga olingan hayotiy filmlar va motivasion videoroliklar namoyish etilib, murojaatlar bilan kelgan aholiga eng yuqori saviyadagi davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.