Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezident Xalq qabulxonasi mutasaddilari, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar ishtirokida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rmoqda.
Ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘mak ko‘rsatish, uy-joy uchun subsidiya ajratish va moddiy yordam ko‘rsatish borasidagi murojaatlari va boshqa masalalar mutasaddilar ishtirokida ijobiy hal etilmoqda.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar yuzasidan topshiriqlar berilib, ijrosi Qo‘qon shahar hokimining nazoratiga olinmoqda.